Kolumbiyada prezident saylovining birinchi bosqichi yakunlandi, deb yozadi “Korrespondent.net” mahalliy televideniyega tayanib.
Nomzodlardan hech biri g‘olib bo‘lmagan. Milliy saylov kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, Ivan Duke va Gustavo Petro yetakchilik qilmoqda.
Byulletenlarning 94,42 foizi hisoblab chiqilgach, Dukega ovozlarning 39,15 foizi, Petroga esa — 25,08 foizi berilganligi ma’lum bo‘ldi.
Birinchi bosqichda g‘olib bo‘lish uchun nomzod 50 foiz va yana bitta ovoz to‘plashi kerak. Ikkinchi bosqich 17-iyunga belgilandi.
Izoh (0)