28-may, dushanba kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya federativ respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gunter Overfeldni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida oliy va boshqa darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Germaniya uchrashuvlari jadvali hamda kun tartibi yuzasidan fikr almashildi. Rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
23-may kuni ham Abdulaziz Komilov Germaniya elchisi Gunter Overfeldni qabul qilgan edi.
Izoh (0)