Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazi yangi binoda ish boshladi. Markazda elektron navbat tizimi joriy etilgan bo‘lib, kuniga 500 nafarga yaqin fuqaro va tadbirkorga 50 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida markazda bolalar maydonchasi, kafe, ona va bola xonasi, bank shoxobchasi, qulay va yumshoq o‘rindiqlar o‘rnatilgan dam olish xonasi, kutish zali tashkil etilgan.
“Markazda o‘tgan oy davomida fuqarolarga 5700 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 1-iyundan boshlab sinov tariqasida yana qo‘shimcha 31 turdagi xizmatlar joriy etiladi. Xususan, yangi turdagi haydovchilik guvohnomalarini berish yo‘lga qo‘yiladi”, – deydi Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazi rahbari Saidfarrux Islomov.
Izoh (0)