22-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi Kengashining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha Ishchi guruhi rahbari Yutta Edthofer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Yutta Edthofer O‘zbekistonga tashrif buyurgan YI delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, turli darajalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Alohida e’tibor O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, YIning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi Strategiya loyihalarini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.
Izoh (0)