O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar hayoti va salomatligini muhofaza qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Unda yaqin qarindoshlarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan so‘ng bolani bolalar bog‘chasidan olib ketishga ruxsat beruvchi avvalgi qoida yo‘q. Bolani faqat ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (vasiylar) olib ketishi bo‘yicha qoida qoldi.
Ota-onalar kechki payt bolani olib ketmaganda tarbiyachi uni uyigacha olib borib qo‘yishga majbur emas va endi bunday qilolmaydi. Bola bog‘chada qoladi.
Shuningdek, endi har kuni ertalab tarbiyachilar hamshira nazorati ostida bolalarning tibbiy holatini tekshiruvdan o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
Bolalar bog‘chasidan tashqaridagi barcha sayr va ekskursiyalar ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bu haqda ota-onalar ham xabardor qilinadi.
Izoh (0)