• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Aslida sen emas, biz chekindik, Orol... (UzWaterAware ekspeditsiyasi, foto)

    O‘zbekistonlik bir guruh jurnalistlar Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida amalga oshirayotgan UzWaterAware loyihasi doirasida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib qaytdi. Mediatur ishtirokchilari orasida “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev ham bor edi.

    Foto: Asqar Yoqubov

    Markaziy Osiyoning O‘lik dengizi

    Mashinalarimiz Orolga yetib borganida qosh qorayishni boshlagandi. Haydovchimiz Oybergen aka qirg‘oqdan 500 metr chamasi berida to‘xtadi-da, “u yog‘iga piyoda borasizlar, mashina botib qoladi”, dedi. Qo‘llarimizga kamera va diktofonlarni olib, pastga tushdik.

    Meni atrofdagi manzara hayratga soldi. Juda tanish, qayerdadir uni ko‘rgandekman. Keyin esimga tushdi: amerikalik astronavtlarning Oyga qo‘nishi aks etgan lavhalarda ko‘rgandim. Tuz ko‘pchib yotgan, g‘ovak yer uzra dengiz tomon yo‘l oldik.

    Foto: Yevgeniy Sklyarevskiy

    Avvaliga oq, quyuq tumandan bo‘lak hech narsa ko‘rinmadi. Yaqinlashganimizdagina bo‘g‘riqib turgan dengiz, to‘g‘rirog‘i, undan qolgan ko‘lga ko‘zimiz tushdi. Nihoyat, Toshkentdan Nukusga, bu yerdan esa 300 kilometrdan oshiq yo‘l bosib kelganimiz cho‘l qo‘ynidagi marvaridga yetishdik.

    Foto: Yevgeniy Sklyarevskiy

    Barchada turli kayfiyatni ko‘rish mumkin edi. Shaxsan o‘zim bundan ham yomon holatni kutgandim. Qarshimda esa bepoyon dengiz yastanib yotardi. “Agar Orolning qolgan qismi shu bo‘lsa, bungacha naq ummon bo‘lgan ekan” degan xayol o‘tdi. Qirg‘oqda manzarani ma’yus kuzatib turgan hamrohim Nargis Qosimovaga yuzlandim.

    Foto: Nargis Qosimova

    — Orolni ko‘rib hayratlandim, zavqlandim va to‘g‘risi, yuragim achishdi. Qora, O‘rta yer, Marmar, Sariq, Oq, Kaspiy dengizlari, qayerda bo‘lmay charloqlar qichqirishar, suvga yashin tezligida sho‘ng‘ib, tumshuqlaridagi kichkina baliq bilan ko‘kka parvoz qilishardi. Orol dengizida esa jimlik, sukunatni faqat suvning qirg‘oqqa kelib urilayotgan ovozi buzadi. Gidimiz Oktabr akaning gapini eshitdingiz, bir paytlar 40 dan ortiq baliq turlari va dengiz jonivorlari yashagan Orolda hozir bir dona ham baliq yo‘q. Suvning minerallashuv darajasi ortishi uni hayot uchun mutlaqo yaroqsiz qilib qo‘ygan. Hozirgi holatda uni Isroil va Iordaniya o‘rtasidagi O‘lik dengiz bilan taqqoslash mumkin. Uning tubida g‘ayritabiiy jonivorlarni eslatuvchi tuz kristallarini ko‘rish mumkin, Orol dengizi qirg‘oqlarida esa bu yerga endi hech ham yetib kelmaydigan Amudaryo loylarini, — deydi Nargiza opa.

    Foto: Xoniya Asilbekova

    Tilloga teng artemiya

    Chindan ham bugungi kunda Orol dengizi suvida faqat bitta jonzot — artemiya omon qoldi. U 100 million yillardan buyon o‘zgarishsiz kelayotgan oddiy organizm, plankton. Yer yuzida sho‘r ko‘llarda uchraydi, suv o‘tlari, bakteriyalar bilan oziqlanadi. Orol dengizidagi artemiyalar asosan urg‘ochi, lekin o‘z-o‘zidan ko‘payish xususiyatiga ega.

    Foto: Wikipedia

    Artemiya sistalari asosan Xitoy, AQSh, Rossiya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va Eronning tuzli ko‘llarida yetishtiriladi. O‘zbekistonda esa faqat Orol dengizida uchraydi. Bu yerda sistalarni yig‘ib olib sotish bilan shug‘ullanadigan 10 ga yaqin firma va korxona mavjud.

    Artemiya baliq lichinkalari uchun juda zarur ozuqa. Oddiy omuxtalar bilan boqilgan baliq lichinkalarining 50 foizi tirik qolsa, artemiya bilan oziqlangan baliq lichinkalarining 90 foizdan ko‘prog‘i hech qanday kasalliksiz rivojlanadi.

    Bundan tashqari, artemiya ilmiy tadqiqotlar, kosmetologiya, farmatsevtika, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladi. 1982-yilda Yer orbitasida o‘tkaziladigan tajribalarda foydalanish uchun koinotga olib chiqilgan. Pushti flamingolar ular bilan oziqlangani uchun shunday rangga ega deb hisoblanadi. Qizig‘i, artemiya hech qachon uxlamaydi, uning nomi ham grek tilidan tarjima qilinganda “sog‘lom, tabiiy” degan ma’noni anglatadi.

    Foto: Asqar Yoqubov

    Dunyoda artemiya sistalariga bo‘lgan yillik talab 8-10 ming tonnani tashkil etadi, bir tonnasi narxi esa 30 ming dollarga boradi. Qoraqalpog‘istonda o‘tgan yili 250 tonna artemiya Xitoyga, 72 tonnasi Qozog‘istonga eksport qilindi. Bundan salkam 1 million dollar daromad olindi. Aslida bu oddiy emas, naq tilla organizm...

    Hamrohlarim bilan shularni muhokama qilib turganimizda birdaniga Orol dengizi uzra kamalak paydo bo‘ldi. Buni yaxshilikka yo‘ydik.

    Foto: Asqar Yoqubov

    Bir so‘z bilan aytganda, shok...

    Vaqt allamahal bo‘lgani mashinalarga o‘tirib, qirg‘oqdan 1-2 kilometr narida joylashgan va biz uchun ajratilgan o‘tovlarga yo‘l oldik. Bir kecha shu yerda tong ottiradigan bo‘ldik.

    Foto: Nargis Qosimova

    Kechki taom tortilganidan so‘ng mediatur ishtirokchilari gulxan atrofida to‘plandi. Oktabr aka Orol bilan bog‘liq rivoyatlardan so‘yladi, so‘ng mahzun kayfiyatni biroz ko‘tarish uchun qadrdon filmlardagi qo‘shiqlar kuylandi. Ertalab saharda dengiz uzra quyosh ko‘tarilishini birgalikda kuzatishga kelishib, o‘tovlarimizga tarqaldik.

    Foto: Maqsad Jangirov

    Men bilan bir o‘tovda joylashgan Rustam Jabborovni bilmadimu, lekin o‘zim uxlay olmadim. Bir dunyo taassurotlar, uvillagan shamol, notanish joy... Xullas, bir amallab tong ottirdik. Ertalabki soat 5 dan o‘tganda lagerimiz yaqinidagi tepalikka chiqdim. Bu yerdan dengiz kaftdek ko‘rinib turardi. Birozdan so‘ng safga kanadalik Loren Chen va jurnalist Xoniya Asilbekova qo‘shildi.

    Loren Yevropa Ittifoqi blogerlar uchun o‘tkazgan tanlovda g‘olib chiqqqan va Osiyodagi davlatlarda bo‘lib, ulardagi turmush tarzi, odamlar hayoti haqida hikoya qilish imkoniyatini qo‘lga kiritibdi. O‘zbekiston u safar qilayotgan yettinchi davlat ekan. U Orol dengizi qoldirgan taassurotni birgina so‘z bilan ifodaladi va uni tarjima qilib o‘tirmadim: shok...

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Dengiz uzra quyosh ko‘tarilishi chindan ham betakror manzara ekan. Uni hatto eng kuchli fotokameralar ham ifodalab berolmaydi. Havo izg‘irinligiga qaramay, buni kuzatish uchun mediaturning barcha ishtirokchilari yig‘ildi. Nonushtadan so‘ng lager-mehmonxona bekalari bilan xayrlashdik. “Qiynab qo‘ymadikmi?” degan savolimizga “Ko‘nikib ham qoldik. Kecha Xitoydan kelgan 50 nafar mehmonni kuzatgandik”, deyishdi.

    Foto: Asqar Yoqubov

    O‘ylab qoldim: demak, Orol shu holida ham bizni boqyapti ekan. To‘g‘ri, uning tubida faqat birgina jonzot — artemiya qolgan. Biroq uning bahosi, yuqorida aytganimdek, falon pul turadi, Qolaversa, buni aytish nechog‘li og‘ir bo‘lmasin, Orol butun dunyoda Chernobil kabi brendga aylanib bo‘lgan va uni ko‘rishga yuzlab, minglab sayyohlar kelmoqda.

    Yana Orolning yetarlicha tadqiq etilmagan qancha hududi bor. Biz kelib tushgan Oqtumshuq burnidan Qozog‘iston chegarasigacha 150 kilometr masofa bor. Qoraqalpog‘iston axborot agentligi direktori Yesimxan Qanaatovning aytishicha, Orolning eng qiziq va sirli manzaralari shu — Duvona burni tomonda.

    Foto: Arslon Kannazarov

    — U yog‘i xuddi Mars sayyorasiga o‘xshaydi. Qadimiy nayzasimon inshootlar — aranlar ham shu tomonda. Ishonasizmi-yo‘qmi, shunday biy sahroda hatto bir tup olma va o‘rikka ham duch kelganmiz. Og‘a, uyoqqa kamida bir haftaga ketish, quloch-quloch materiallar tayyorlab kelish kerak, — deydi Yesimxan.

    Orol tubidagi o‘rmon yoki BBC e’tirofi

    Qayd etish joizki, O‘zbekiston hukumati Orol dengizidagi holatni o‘nglash uchun salmoqli ishlarga qo‘l urgan. Buni xorijiy OAV ham e’tirof etmoqda. Jumladan, yaqinda BBC Orol haqida qisqa metrajli filmni suratga olish ishlarini yakunladi. Jurnalist va prodyuser Rustam Qobil, videoprodyuser Pol Xarris to‘rt kun davomida Mo‘ynoq tumanida, Orol dengizi qirg‘oqlarida bo‘ldi.

    Rustam Qobil.

    Rustam Qobil.
    Foto: BBC

    — BBC global iqlim o‘zgarishi va ekologik fojialarga qarshi kurash bo‘yicha tajribalarni dunyoga namuna sifatida ko‘rsatish uchun “Haroratni o‘lchash” degan maxsus mini-seriallar boshladi. O‘zbekiston Orol tubida o‘rmon yaratishga intilayotganini bilardim. Shuning uchun bu yerda qilinayotgan ishlarni dunyoga namuna sifatida ko‘rsatishni taklif etdim va dastur g‘oyasini berdim.

    Ko‘rik-tanlovda 200 mamlakat ichidan 10 davlat, jumladan, O‘zbekistonni saralab olishdi, bundan xursandman. Endi bu tajribani dunyoga yoysa bo‘ladi, chunki BBC auditoriyasi katta, bizni hamma ko‘radi, eshitadi, o‘qiydi. Buning ortidan Orolga, O‘zbekistonga e’tibor oshadi, sarmoyalar kela boshlaydi. Orolning hozirgi yuzasini o‘rmon qilish uchun bu sharoit va sur’atda bir asr ham yetmaydi. Chetdan pul va e’tibor kerak. Buning uchun dunyoda Orol haqida ko‘proq gapirish kerak.

    Foto: BBC

    Xullas, 1-iyunda e’tiborga havola etiladigan film, radiodastur va maqola O‘zbekiston dengiz tubida o‘rmon yaratib, Orolda hayotni saqlab qolishga intilayotgani haqida, — deydi jurnalist, prodyuser va asosiysi, kursdoshim Rustam Qobil.

    Ikki vodiy jam bo‘lgan Mo‘ynoq

    Qaytishda yo‘limiz Mo‘ynoq tumanidan o‘tdi. Tuman hududi Qo‘ng‘irotdan keyingi o‘rinda turadi, 37,9 ming kvadrat kilometrga teng. Taqqoslash uchun, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan ikki barobar katta. Shunday ulkan hududda bor-yo‘g‘i 30 ming atrofida odam yashaydi.

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Bu yerga kelgach, o‘z-o‘zidan, dastlab mashhur kemalar qabristoniga bordik. Aytishlaricha, avval bu yerda o‘nlab qarovsiz kemalar bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan ular tashib ketilaverganidan so‘ng borini saqlab qolishga qaror qilingan. Men 12 ta kemani sanadim.

    Foto: Yevgeniy Sklyarevskiy

    Shu yerda Mo‘ynoq hokimi Saylaubay Daniyarovni ham suhbatga tortdik. Tumandagi yo‘llarning achinarli holati, ayrim uylar qarovsiz qolgani haqida so‘roqqa tutdik. Hokimbuva tumanda ham “Obod qishloq” dasturi boshlangani, hozirgacha yuzdan ortiq xonadon ta’mirdan chiqarilgani, ko‘p o‘tmay bu yerda ham katta o‘zgarishlar yuz berishiga ishontirdi. So‘ng tuman hokimligi qarshisidagi foydalanishga topshirish arafasida turgan Mo‘ynoq ekologiya muzeyiga boshladi.

    Foto: Liliya Nikolenko

    Ikki qavatli muzeyning birinchi qavatidan osori-atiqalar, milliy liboslar va buyumlar, tuman tarixi, xususan, bu yerdagi port va konserva zavodi faoliyati haqida hikoya qiluvchi fotolavhalar, o‘simlik va hayvonot olami namunalari o‘rin olgan bo‘lsa, ikkinchi qavatdan Orol, xususan, Mo‘ynoqning haqiqiy qo‘shiqchilari bo‘lgan musavvirlar Rafael Matevosyan va Faim Matgazinning asarlari o‘rin olgan.

    Foto: Liliya Nikolenko

    Muzeyning eksponatlarga boyligi, barcha narsa did bilan qo‘yilgani, yaqin orada 3D-uskunalar bilan jihozlanishi bizni qoyil qoldirdi. Harakat qilsa, chekka hudud sharoitida ham shunday muassasa tashkil etish mumkinligini ko‘rsatdi.

    Foto: Liliya Nikolenko

    O‘zbekiston xaritasidagi yangi sahro — Orolqum

    Shundan so‘ng yana Nukusga qarab yo‘lga chiqdik va kechga yaqin poytaxtga kirib keldik. Yo‘lovchilar tig‘iz bo‘lgani uchun guruhimiz ikkiga bo‘lindi va bir qismi shu kunning o‘zida, qolgani esa ertasiga ertalab uchadigan bo‘ldi. Menga yana bir kecha Nukusda qolish nasib etdi. Ertalab aeroportga jo‘nashdan oldin mehmonxonada bir guruh xorijlik mehmonlarga ko‘zim tushdi. Ularning soni bizdan ham ko‘p edi. Demak, hammasi yo‘qotilmagan, Rustam Qobil aytmoqchi, nafaqat biz, balki butun dunyo Orolga ko‘z tikib turibdi.

    Foto: Liliya Nikolenko

    Samolyotda Toshkentga parvoz qilar ekanmiz, manzilga yetguncha uch kunlik safardan xulosa sifatida shu o‘y xayolimdan o‘tdi: aslida vaqtida sen emas, biz chekingan ekanmiz, Orol. O‘ndan biring qolishi, O‘zbekiston xaritasida yana bir sahro — Orolqum paydo bo‘lishiga ham biz aybdor ekanmiz, Orol. Endi jillaqursa shu holingni saqlab qolsak edi...

    (Avvali bor)

    21.05.2018, 15:45   Izoh (0)   38530
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Astraxanda migratsiya qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    21.05.2018, 15:38

    Ro‘zani saharlik qilmay tutsa bo‘ladimi?

    21.05.2018, 15:16

    Samarqand viloyatidagi xonadonlarning birida 1800 tup ko‘knori parvarish qilinayotgani aniqlandi

    21.05.2018, 14:54

    Raqam: E-ijro Auksion orqali sotilgan mol-mulklarning umumiy qiymati qanchaga teng?

    21.05.2018, 14:42

    “Islom.uz” portalining mobil dasturi ishga tushirildi

    21.05.2018, 14:18

    Chelyabinsk gubernatori boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Namanganga tashrif buyurdi

    21.05.2018, 13:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Isroil Tashqi ishlar vazirligi Makronni Isroilga qarshi siyosat yuritishda aybladi

    Dunyo | 30 may, 22:20

    “Bobom bag‘rimizga qaytganlaridan xursandmiz!”

    O‘zbekiston | 30 may, 22:10

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:58

    “Real” klublar o‘rtasidagi JCH g‘olib bo‘lsa, futbolchilar 1 mln yevrodan bonus oladi

    Sport | 30 may, 21:58

    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

    Reklama | 30 may, 20:00

    Turkiyada kurortdagi yong‘in ishi bo‘yicha ayblanuvchilar 22 yildan 1998 yilgacha qamalishi mumkin

    Dunyo | 30 may, 21:55

    Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadini olib kelish uchun soxta pul yig‘ish aksiyalari o‘tkazilmoqda

    O‘zbekiston | 30 may, 21:40

    Erdo‘g‘on islom davlatlarini iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi

    Dunyo | 30 may, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.