Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qarorga muvofiq, Marg‘ilon shahrida 210 o‘rinli maktab-internat tashkil etiladi.
2018—2019-o‘quv yilida maktab-internatning 5—8-sinflariga, 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab esa 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.
Izoh (0)