Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining Telegram’dagi kanalida xabar berdi.
Olmazor tumanining sobiq hokimi Abduqahhor To‘xtayev 12-aprel kuni qurilish vaziri etib tayinlangan edi.
Baxtiyor Rahmonov 1959-yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
1981-yillda Kiyev muhandis-qurilish instituti tamomlagan.
Muqaddam Mirobod tumani hokimi va Toshkent shahar hokimining kapital qurilish masalasi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Izoh (0)