Ichki ishlar organlarida ayol xodimlar tobora salmoqli o‘rin egallab bormoqda. PPX maxsus patrul xizmati ortidan ayollar bugun ular uchun yangi yo‘nalish — YPXda ham o‘zlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Ushbu tajriba poytaxtdagi “Toshkent” markaziy temiryo‘l vokzali va Toshkent xalqaro aeroporti hududida amaliyotda sinovdan o‘tkazilmoqda. Agar natija kutilganidek bo‘lsa, u holda yo‘llarda YPX xodimlari qatorida ayol xodimlarni ham uchratish mumkin bo‘ladi.
Hozirda ikki nafar ayol xodimlar sohaning tajribali erkak xodimlaridan tartibga solinmagan, tirbandlik yuzaga kelgan chorrahalarni boshqarish va imtiyozga ega bo‘lgan avtotransport vositalarini o‘tkazib yuborish kabi holatlarda to‘g‘ri harakatlanishni o‘rganmoqda.
Qator xorij mamlakatlarida yo‘llarda forma kiygan ayol YPX xodimlarini ko‘plab uchratish mumkin. Ular o‘z xizmat vazifalarini erkaklardan kam bo‘lmagan darajada o‘tamoqda.
Izoh (0)