Sun’iy ravishda farzand ko‘rish masalasida din ulamolarining fikri “Xabar.uz” sayti ma’lum qildi.
Ma’lumki, Buyuk Britaniyada inson genomini sun’iy ravishda o‘zgartirish orqali uchta ota-onadan farzand dunyoga keltirish qonuniylashtirilgan. Olimlarning fikricha, bu amaliyot bolalarning irsiy kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish uchun qilinadi. OAV Meksika va Ukrainada ham bu borada tajribalar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Bu holat bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur izoh berdi.
“Bu narsa dinimizda aniq belgilab qo‘yilgan. Bola faqat ota-onadan dunyoga kelishi kerak. Uchinchi kishiga ehtiyoj yo‘q. Begonaning farzand bino bo‘lishidagi ishtirokiga mutlaqo ruxsat yo‘q. Ayol kishi faqat o‘zining shar’iy nikohdagi eridangina farzand ko‘rishi mumkin. Shariatda kerakli bilimni egallashda aslo tortinmaslik lozim. Shu bois o‘quvchilarimizga yana bir masala xususida ham aytib o‘tsak. Bugungi tibbiyotda sun’iy urchitish amaliyoti qo‘llanilmoqda. Bu haqda dinimizda aniq ko‘rsatma berilgan. Musulmonlar bu usuldan foydalanishlari joiz, faqat bir shart bilan: shar’iy nikohdagi er va xotin ishtirokida amalga oshirilmog‘i lozim”.
Izoh (0)