O‘zbekiston joriy yil aprel oyida, mart oyidagi kabi, Ukraina shakarining asosiy xaridoriga bo‘lib qoldi. Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi Spot.
O‘zbekiston ushbu davlatdan 23 ming tonnaga yaqin shakar import qildi, bu esa Ukraina shakar eksportining 55 foizini tashkil etadi.
Shu tariqa, oxirgi ikki oy davomida O‘zbekiston Ukrainadan 50 ming tonnaga yaqin shakar xarid qildi.
Taqqoslash uchun, Rossiya 2017-yil davomida O‘zbekistonga jami 109 ming tonna shakar yubordi.
Izoh (0)