“Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaroni bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida u o‘z yonida yashirilgan ashyolar yo‘qligini ma’lum qilgandan so‘ng xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi, deb xabar beradi Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Natijada, fuqaroning egnidagi ichki kiyimi ichiga jami 11 886 AQSh dollarini yashirib, noqonuniy ravishda respublika hududidan olib chiqib ketmoqchi bo‘lganligi oshkor bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)