“Jizzax viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori e’lon qilindi, deb yozadi Norma.
Unga muvofiq, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l tumanlarida va Jizzax shahrida “Jizzax viloyatini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini Zarafshon daryosidan foydalanish hisobiga yaxshilash” loyihasini amalga oshirish boshlanadi. U 2018—2020-yillarga mo‘ljallangan. Zarafshondagi suv yetarli va u ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadlarida foydalanish uchun yaroqli deb tan olindi.
Suv chiqarish inshooti, suv tozalash stansiyasi, suv chiqarish inshootidan suv tozalash stansiyasigacha suv yo‘li (16 km), tozalash inshootlaridan magistral suv yo‘li (20 km), “Jizzax” suv taqsimlash tuguni, magistral va eltuvchi suv yo‘llari (146 km) quriladi.
Izoh (0)