Moskvada o‘zbekistonlik taksi haydovchisi mijozi bo‘lgan yo‘lovchi qizni zo‘rladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
23 yoshli jabrdiydaga ko‘ra, u Leningrad shossesidagi 6-uy atrofida turgan taksiga chiqqanida shunday holat yuz bergan. U mast bo‘lgani uchun haydovchiga qarshilik ko‘rsata olmagan.
Qiz mashina raqami va rangini aytib berganidan so‘ng gumonlanuvchi qo‘lga olindi va politsiya bo‘limiga keltirildi. Haydovchi 26 yashar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. U jinoyat sodir etgan joyida ushlandi.
Izoh (0)