Toshkent shahar ma’muriyati poytaxtda “O‘lmas polk” aksiyasini o‘tkazish o‘rniga, loyiha tashabbuskorlariga faxriylarni yo‘qlab borishni va tabriklashni taklif qildi, deb yozadi Sputnik.
Aksiya koordinatorlaridan biri Amir Mollaxning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent hokimligi 9-may kuni “O‘lmas polk” aksiyasini bilan o‘tkazish uchun imkoniyat va joy topa olmagani uchun, shaharda namoyish o‘tkazishga ruxsat bermagan. Buning o‘rniga o‘z mahalla va tumanlarida yashovchi faxriylarni ko‘rishga borib, ularni tabriklash taklif etilgan.
Hokimlikdagilar fikricha, bu ularga portretlarni ko‘tarib, ko‘cha namoyishlarini o‘tkazishdan ko‘ra ko‘proq foyda va quvonch keltiradi. Shuningdek, shahar hokimligi tashkilotchilarga televideniye uchun videorolik tayyorlashni, konsert zali bilan kelishib, bayram konserti o‘tkazishni maslahat bergan.
Izoh (0)