Toshkent shahrida “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Ekspertlar kengashi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tadbir doirasida San-Fransisko, London, Moskva, Jeneva, Tokio shaharlaridagi vatandoshlar mamlakatda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish modellarini ishlab chiqish, O‘zbekiston va dunyoning yetakchi xalqaro tahlil va ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
Moskvadan jurnalist Dilbar Fayziyeva so‘z oldi:
—Kasbim bo‘yicha O‘zbekistonda tahsil olgach, Rossiyadagi yetakchi telekanallaridan birida ishlashga qaror qildim, — deydi D.Fayziyeva. — Mamlakatda ulkan o‘zgarishlar kechayotgan bir davrda O‘zbekistonning jahon miqyosidagi siyosiy imijini oshirish har qachongidan-da muhim. Diplom ishim shu mavzuga bag‘ishlangani bu borada yaqindan yordam beradi, degan umiddaman.
Izoh (0)