Farg‘ona shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari Alisher Iminov o‘z lavozimi vakolatlaridan foydalanib, pora orqali ish bitirishning g‘ayriqonuniy yo‘llarini o‘ylab topdi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.
“U bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi bo‘lgan: Iminov Mirzayevani ishga, uning farzandini esa bog‘chaga joylashtirish uchun 300 AQSh dollari so‘raydi. Ammo mo‘may daromad olish maqsadidagi qing‘ir reja amalga oshmadi”, — deyiladi telekanal axborotida.
Prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Alisher Iminov ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda gumonlanuvchiga nisbatan tegishli moddalar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)