Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasi Moskva bo‘ylab o‘tadigan an’anaviy kortejsiz o‘tkazilishi mumkin, deb yozadi “RIA Novosti” tadbirni tashkillashtirish jarayoni bilan tanish bo‘lgan manbasiga tayanib.
Ta’kidlanishicha, inauguratsiyaning yakuniy ssenariysi tasdiqlanganicha yo‘q. Dastur bo‘yicha yaqin orada kelishib olish rejalashtirilmoqda.
Avvalgi inauguratsiyasida Putin Kremlgacha Federal qo‘riqlov xizmatining faxriy eskorti hamrohligidagi avtomobilda yetib olgan edi.
Avvalroq moskvaliklar “Kortej” loyihasi limuzinini videoga olgani, ehtimol aynan shu avtomobil Rossiya prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etishi mumkinligi xabar berilgan edi.
Izoh (0)