Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 6-maktab chiqindixonasi oldidan 30-aprel kuni tongda qo‘l granatasiga o‘xshash buyum topilgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda shahar IIBB Axborot-multimedia markazi xabar bermoqda.
“Voqea joyiga yetib borgan mutaxassislar ko‘rsatilgan joyda ustiga ‘Учебная’ deb yozilgan qora rangli mashq qo‘l granatasini topgan”, — deyiladi IIBB axborotida.
Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda qo‘l granatasining mulyaji qanday qilib tegishli o‘quv inshooti hududidan tashqariga chiqib qolganini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
30-aprel kuni tongda internetda Sergelidagi 6-maktab oldida “bomba” topilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari o‘quvchilar o‘z ota-onalaridan ularni olib ketishni iltimos qilganliklari haqida yozgan edi.
Izoh (0)