O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jinoyat ishiga aloqadorlar va ularning yaqinlarining ishonchiga kirib, ishning ijobiy hal etilishi uchun pora berish zarurligi haqidagi yolg‘on axborot bilan ularning katta miqdordagi pul mablag‘lari yoki moddiy boyliklarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan shaxslarni qo‘lga oldi.
Bosh prokuraturadan ma’lum qilishlaricha, Hi-Tech Bank’da o‘tkazilgan tekshirishlarda aniqlangan kamchiliklarni kamaytirib ko‘rsatish hamda ularga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasini qo‘llamasdan, yengillik berish uchun bankning ikki mutasaddisidan firibgarlik yo‘li bilan 500 000 (besh yuz ming) dollar pul olgan ikki shaxs qo‘lga olingan.
Prokuratura axborotida qo‘lga olingan gumonlanuvchilarning ish joyi va lavozimlariga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)