“Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘inda halok bo‘lgan oxirgi uch kishining dafn marosimi 23-aprel kuni Kemerovoda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Argumenti i fakti” xabar bermoqda.
Gap Baxayevlar oilasi — sakkiz yoshli qiz va ularning ota-onasi haqida bormoqda. Fojianing shaxsi aniqlangan boshqa qurbonlari 21—22-aprel, shanba va yakshanba kunlari dafn etilgan.
21—23-aprel kunlari Kemerovo va boshqa aholi punktlari qabristonlariga jami 37 kishini dafn etish marosimi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ularning shaxsi eskpertizalar yordamida aniqlangan.
Dafn marosimlari tashkil etish bo‘yicha xarajatlarni Kuzbass poytaxti ma’muriyati o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)