Moskva shahrida 21-aprel, shanba kuni momoqaldiroq va kuchli shamol keltirib chiqargan dovul kuzatildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya poytaxtida tabiiy ofat tufayli 17 kishi jabrlandi. Ulardan 14 nafari, jumladan, 3 nafar bola kasalxonaga yotqizildi. 12 yoshli qiz halok bo‘ldi.
Moskva viloyatining Balashixa tumanida erkak halok bo‘ldi, Lyubersi va Litkarinoda 3 kishi jabrlandi.
Moskvada shtorm ogohlantirishi amalda bo‘lib turibdi. Rossiya FVV shaharliklarni ehtiyot choralarini ko‘rish, reklama bannerlari, daraxtlar va omonat turgan konstruksiyalardan uzoqroq turishga chaqirdi.
Izoh (0)