O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashiga Prezident sovg‘asi — bibliobus topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Kitoblarni tashish va saqlashga mo‘ljallangan mazkur transport vositasi javonlarida 2 mingdan ortiq kitob joylashtirilgan.
Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Sh.Zayniddinovga ko‘ra, bibliobus boradigan har bir qishloqda yoshlar shoir va yozuvchilar bilan uchrashadi, adabiy kechalar tashkil etiladi.
Izoh (0)