Bugun, 21-aprel kuni Samarqand shahrida o‘z ishini boshlayotgan biznes-forumda ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Sug‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov qabrini ziyorat qildi, deb xabar berdi O‘zA.
Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev, Sug‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda va delegatsiya a’zolari O‘zbekistonning birinchi Prezidenti qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.
Shundan so‘ng o‘zbek-tojik biznes-forumi ishtirokchilari Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i hududidagi o‘zbek va tojik adabiyotining ikki buyuk mutafakkiri – Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali yonida tashkil etilgan madaniy tadbirda qatnashdi.
Dastlab Samarqand viloyati hokimi hamda Sug‘d viloyati raisi haykal poyiga gullar qo‘ydi. Sug‘dlik va samarqandlik ijodkorlar ikki buyuk alloma ijodidan namunalar o‘qidi.
Izoh (0)