Afg‘oniston janubidagi portlash oqibatida ikki nafar politsiyachi halok bo‘ldi, yana uch kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi, deb xabar beradi “TASS”.
Masofaviy boshqariladigan bomba Qandahor shahri markazida harakatga keltirilgan.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida mahalliy politsiyaning tez harakat qilish bo‘linmasi komandiri ham bor.
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Afg‘oniston hududida faoliyat yurituvchi bironta ham terrorchilik guruhi hodisa javobgarligini o‘z zimmasiga olmagan.
Izoh (0)