18-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenevni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari, turli darajalardagi bo‘lajak uchrashuvlar muddati va kun tartibi yuzasidan takliflar batafsil muhokama qilindi.
Izoh (0)