• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” muxbiri yer maydoni olib qo‘yilgan fermer muammosini o‘rgandi

    Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro Mirobid Xoliqov “Daryo” internet nashriga murojaat qildi. Fuqaro o‘z murojaatida uni tuman hokimligi fermerlikdan nohaq mahrum etganini bayon qilgan edi. “Daryo” muxbiri Bahriddin Esonov fuqaro murojaatini o‘rgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Murojaatda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha Chiroqchi tumanining “Chorvador” hududiga qarab yo‘l olamiz. Tumanning e’tibortalab jihatlaridan biri, hududiy jihatidan Andijon viloyati bilan bahslashishi va odatda izlab borgan manzilingizni osonlikcha topolmasligingizda. Mo‘ljal so‘rasangiz, chapga qarab “qo‘yvorasiz” deyishadi.

    Yaxshiyam bizda murojaatchining telefon raqami bor. Biroq bu joylarda bir aloqa bo‘lmay qoladi yoki omadingiz kelib ulansangiz ham suhbatdoshning gapini tushuna olmaysiz, vakuumga tushib qolgandek. Oxir oqibat, Avaz Oxun aytganidek telefonni osmonga otib, “sms”lashib topib borasiz-da. (Alam qiladigani, ungacha 50 chaqirim o‘tib ketgan bo‘lasiz)

    Mirobid Xoliqov Koson tumanining Pistali qishlog‘idan. U bugun talabgor bo‘layotgan yer, Koson tumani bilan Chiroqchining chegarasida, xalq tili bilan aytganda “Kamchatkada”. Ilgari bu hududda yetishtirilgan hosil Koson tumaniga topshirilgan. Endilikda Chiroqchiga tobe.

    Yakka oyoq yo‘l bo‘ylab, mojaroli bo‘lib turgan fermer yeriga yetib boramiz.

    Mirobid Xoliqov o‘z xatida “Chorvador” hududida 2003-yildan buyon fermer bo‘lib ishlab kelayotgani, shu vaqt oralig‘ida lalmi maydonni o‘zlashtirib, paxta va g‘alla yetishtirish uchun kanal, elektr liniyasi, transformator, suv nasoslari o‘rnatganini bayon qilgan. 4-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga ham huquqlari tiklanishini so‘rab murojaat etgan.

    Hozir bu yerda yangi fermer xo‘jaligi tuzilgan. Fermer Rahmiddin Xushmurodov 7,5 gektar maydonda g‘alla parvarishlamoqda. 7,5 gektarda chigit ekishga kirishgan.

    Biz yetib kelganimizda ayni paytdagi “yer egasi” va sobiq fermerning hech bir ziddiyatlarsiz, samimiy suhbatlashib turganiga guvoh bo‘lamiz. (Bir joyning odamlarida.)

    Mojaro esa boshqa tomonda. Aslida, “fermerligimdan nohaq mahrum etishdi” deya da’vo qilayotgan Mirobid Holiqov otasi Muhammadi Holiqov nomidan ish ko‘rmoqchi. Ko‘pni ko‘rgan Muhammadi aka esa bosiqlikni qo‘ldan bermaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Koson tumanining “Pistali” qishlog‘ini bir ariq bilan ajratib turuvchi “Chorvador”ning 200 gektar maydoni 1991-yilda qo‘riq yerdan o‘zlashtirilgan. Bu vaqtda esa cho‘lquvarlikka da’vogar bo‘layotgan Mirobod Holiqov 5 yoshda bo‘lgan.

    Darvoqe, murojaatni xolis o‘rganish maqsadida, Chiroqchi tumani hokimligiga ham murojaat etgandik. Tuman hokimligi mutasaddilari sobiq “Muhammadi Holiqov” fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga sabab bo‘lgan omillar bilan kelgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Unga ko‘ra Muhammadi Holiqov fermer xo‘jaligi a’zolari muntazam paxta va g‘alla yetishtirish bo‘yicha rejani bajarmay kelgan. Jumladan, 2014-yilda paxta yetishtirish bo‘yicha rejaviy ko‘rsatkich 53,2 foizga, 2015-yilda 56,7 foizga, 2016 yilda 46 foizga bajarilgan xolos. Paxtachilikdan natija olinmagach, 2017-yilda fermer xo‘jaligining bor maydoniga g‘alla ekish uchun qaror chiqarilgan. 2017 - barakali yilda davlatga don sotish ko‘rsatkichi ham 50 foizdan oshmagach, tuman rahbarlarining toqati toq bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Muhammadi Holiqov fermer xo‘jaligining tuman agrokimyo filialidan 21 million 802 ming, yoqilg‘i moylash materiallaridan 21 million 164 ming so‘m qarz. Xo‘jalikning iqtisodiy ahvolini shu holga keltirishga ulgurgan odamga yer ajratish mumkinmi?

    Natijada, fermer xo‘jaligi tasarrufidagi 30 gektar yerni Chiroqchi tumani zaxirasiga qaytarish va keyinchalik tender tanlovi o‘tkazib, yangi fermer xo‘jaligini tashkil etishga qaror qilindi. 2018-yil 16-martda o‘tgan tanlovda tender komissiyasining xulosasi bilan ushbu yer Rahmiddin Xushmurodov nomidagi fermer xo‘jaligiga berildi.

    Holiqov o‘z arizasida “Prezidentimiz endi ishlagan odamga yer beramiz” degan gaplariga alohida urg‘u beradi. Shu o‘rinda savol, yerni kimga bergan ma’qul?

    18.04.2018, 17:08   Izoh (0)   19451
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda qo‘shnilar janjali 27 yashar yigitning o‘limi bilan yakun topdi

    18.04.2018, 16:56

    Samarqanddagi uyga kirgan bosqinchi 38 yoshli ayolni yaralab, ziragi va telefonlarini olib ketdi

    18.04.2018, 16:44

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Istanbulga parvozlar chastotasini haftasiga 9 martagacha ko‘paytiradi

    18.04.2018, 16:32

    Urganchda uy sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro firibgarlik qurboni bo‘ldi

    18.04.2018, 16:20

    Eng kuchli armiyalar reytingida O‘zbekiston 9 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

    18.04.2018, 16:09

    AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi “Grin kard” lotereyasida birdan ortiq ariza topshirishdan qaytardi

    18.04.2018, 15:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston AQSH bosimi sabab Rossiya neftidan voz kechsa katta yo‘qotishga uchraydi — The Economic Times

    Dunyo | 4 avgust, 11:56

    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi

    Reklama | 4 avgust, 12:00

    Mayk Tayson tarixdagi eng buyuk bokschilar haqida gapirdi

    Sport | 4 avgust, 11:45

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 5-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 4 avgust, 11:40

    Toshkentdagi bozorlarda go‘sht arzonlashtirilgan narxlarda sotilishi boshlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 11:35

    Xonanda Selena Gomes atir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Shou-biznes | 4 avgust, 11:25

    Toshkentda fuqaro rahbariga bolta bilan tahdid qilib, maoshini oshirishni talab qildi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 11:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.