Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 15-aprel kuni ro‘y bergan qo‘shnilar janjali qotillik bilan yakun topdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 22:30 atrofida Qo‘rg‘oncha 1-tor ko‘chasi, 6-uyda yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan T.Vasilev uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida qo‘shnisi, 1991-yilda tug‘ilgan O.Xoliqulovni ko‘ksiga pichoq urdi.
O.Xoliqulov kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi. T.Vasilev qo‘lga olindi.
Izoh (0)