Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Lensovet yo‘lida joylashgan ko‘prik ostiga yuk mashinalari tiqilib qolishda davom etmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
16-aprel kuni ko‘prik Xitoy yuk mashinasining budkasini vayron qildi. Navbatdagi haydovchiga “Gazel o‘ta olmaydi” degan belgi ta’sir qilmadi. Ta’kidlanishicha, bu ushbu ko‘prikning 146-“qurboni” bo‘ldi.
Hodisa guvohlari internetda suratlar bilan bo‘lishadi va bir necha yillardan buyon bitta joyning o‘zida yuz berayotgan bir xil avtohalokatlar shahar ma’muriyati tomonidan e’tiborsiz qoldirilayotganidan ajablanadi.
Izoh (0)