CNN telekanali Suriya hududidagi AQSh, Britaniya va Fransiyaning qo‘shma zarbalari natijasida vayron bo‘lgan obyektlarning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarini e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Kadrlar Xoms provinsiyasidagi ikkita va Damashq tashqarisidagi bitta obyektga zarba berilishidan oldin va keyin olingan. Aniqlik kiritilishicha, raketalar Xoms provinsiyasidagi kimyoviy qurol saqlanadigan omborxona va bunkerni hamda Damashqdagi Kimyoviy qurolni ishlab chiqish va tadqiq qilish markazini ko‘zlab uchirilgan.
14-aprelga o‘tar kechasi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyaning Duma shahrida amalga oshirilgani taxmin etilgan kimyoviy hujumga javoban Suriya bo‘ylab raketa zarbalarini berdi. Suriya hukumati kimyoviy hujum faktini inkor etmoqda va G‘arb mamlakatlari zarbalarini tajovuz deb atamoqda.
Izoh (0)