Toshkentga Dina Rubina va “Perviy kanal”ning suratga olish guruhi keldi. Tashrif maqsadi mashhur yozuvchining hayoti va ijodi haqida hujjatli filmni suratga olishdir, deb yozadi “Kultura.uz”.
Toshkentda Dina Rubina dunyoga kelgan, ulg‘aygan, Uspenskiy nomidagi litseyda tahsil olgan va Toshkent konservatoriyasini tugallagan vaqtlarni hikoya qiluvchi kadrlar suratga olinadi.
Mehmonlar O‘zbekiston San’at muzeyida yozuvchining otasi, O‘zbekistonning iqtidorli rassomlaridan biri, urush qatnashchisi Ilya Rubin tomonidan yaratilgan kartinalar kolleksiyasi bilan ham tanishadi. Ular orasida o‘shanda juda yosh bo‘lgan Dina Rubinaning portreti ham bor. Bu kadrlar ham film kelajagidan munosib o‘rin topadi. Uning “Na solnechnoy storone jizni” romani sujeti va bosh qahramonlarining hayoti Toshkent shahrining 1940—1960-yillar oralig‘idagi davri bilan bog‘liq.
Izoh (0)