KXDR yetakchisi Kim Chen In mart oxirida Pekinda XXR raisi Si Szinpin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda agar AQSh KXDR siyosiy tizimi saqlanib qolishiga kafolat bersa, yadrosizlanish jarayonining yo‘l xaritasini tayyorlash imkoniyati haqida aytgan, deb yozadi “TASS”.
Tokyo Shinbun ikki mamlakat aloqalaridan xabardor manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, Kim Chen In, xususan, “agar AQSh halol tarzda javob qaytarsa, Pxenyan KXDR va AQSh yetakchilari o‘rtasidagi sammitgacha yoki undan keyin yadrosizlanish yo‘l xaritasini tayyorlashi mumkinligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, KXDR yetakchisi ushbu jarayonni amalga oshirish uchun shart sifatida Amerika tomonidan siyosiy tizimning saqlanishi va kompensatsiyani tilga olgan.
KXDR yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashuvda, shuningdek, agar Vashington unga nisbatan dushmanlarcha siyosatini bas qilsa, Pxenyan yadro quroliga ega bo‘lishiga hojat qolmasligini aytgan.
Izoh (0)