AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo “bir necha hafta avval” Suriyada “bir necha yuzlab rossiyaliklar o‘ldirilgani”ni aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Pompeo kongressdagi ko‘rsatmalari chog‘ida AQSh ma’muriyati Rossiyaga qarshi olib borayotgan xatti-harakatlar haqida gapirdi. Dastlab u ma’muriyat kongress tomonidan qabul qilingan CAATSA qonuni bo‘yicha sanksiyalar kiritganini, so‘ng AQShdan 60 nafar rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilganini aytdi.
“Hozirgi ma’muriyat, shuningdek, Rossiyani Suriyada biz tiyib turish kuchlarimizni to‘ldirmoqchi ekanligimiz haqida ogohlantiruvchi yadro strategiyasini qayta ko‘rib chiqishi haqida e’lon qildi. Bir-ikki hafta avval ruslar o‘ziga teng raqibga duch keldi, va bir necha yuzlab ruslar o‘ldirildi. Ma’muriyat olib borgan xatti-harakatlar haqida sizga hamma narsani aytishga tayyorman, ammo vaqtlaringizni olishni istamayman”, — dedi Pompeo.
Shu bilan birga, u gap Suriyadagi aynan qaysi hodisa haqida borayotganiga aniqlik kiritmadi.
Izoh (0)