• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Eshak go‘shtini bilmay yeganlar nima qilsin?

    Samarqand viloyatidagi “eshaklar qabristoni”, Farg‘onada eshak go‘shti bilan shug‘ullanuvchi “tadbirkor”ning kirdikorlari, “Sharshara” mojarosi va boshqa shunga o‘xshash noxush holatlar OAVda ko‘p bora muhokama bo‘ldi. Bu haqda O‘zA sahifalarida T. Nizomov fikr yuritgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Muqaddas dinimizda eshak go‘shti haromligiga ochiq-oydin dalillar bor. Zamonaviy tibbiyot ham uning zararlarini isbotlagan.

    Qur’oni karimda eshakning go‘shti-ku u yoqda tursin, hatto uning ovozi ham yoqimsiz ekani aytiladi: “(Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin! Chunki ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir” (Luqmon surasi, 19-oyat).

    Hadisi shariflarda esa “Eshakning ovozini eshitganda, Allohdan panoh tilanglar. Chunki eshak shaytonni ko‘rganda hangraydi” (Imom ibn Hibbon rivoyati), deyiladi.

    Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadis eshak go‘shti haromligiga ochiq-oydin dalildir. Xaybar fathi kuni qishloqdagi eshaklar qo‘lga kiritilib, ayrimlari so‘yib pishiriladi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Ogoh bo‘linglar! Albatta, Alloh va Uning Rasuli sizlarni ulardan qaytarurlar! Albatta, ular iflosdirlar, shaytonning amalidirlar!” deb nido qildilar. Bas, eshak go‘shti qaynab turgan qozonlar ag‘darib tashlanadi” (Imom Buxoriy rivoyati).

    Boshqa rivoyatlarda aytilishicha, odamlardan ba’zilari Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning huzurlariga kelib, eshaklar yeyilmoqda, deb ikki marta xabar bergan. Uchinchisida esa eshaklar bitirilmoqda, deb aytgan. Shunda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Abu Talha (roziyallohu anhu)ga odamlar orasida: “Ogoh bo‘linglar! Albatta, Alloh va Uning Rasuli sizlarni ulardan qaytarurlar! Albatta, ular iflosdirlar, shaytonning amalidirlar!”, deb jar solishni buyurdilar.

    Bu nidoni eshitgan kishilar eshak go‘shti qaynab turgan qozonlarni ag‘darib tashlashgan. Shu bilan masalaga chek qo‘yildi. Ammo keyinchalik, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) vafot etganlaridan so‘ng bu masala yana qo‘zg‘atilganda, mazkur amrni har kim har xil tushungan.

    Ayrimlar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) eshaklar ulov sifatida o‘sha paytda zarur bo‘lgani uchun ularning go‘shtini yeyishdan qaytardilar, deyishsa, boshqalar esa eshaklar iflos bo‘lgani uchun ularning go‘shtini yeyish man etildi, degan fikrga borishdi. Yana kimlardir Payg‘ambarimizning bu buyruqlari muayyan vaziyat uchun emas, balki doimiydir, deyishdi.

    Oxiri, bu masala bo‘yicha hal qiluvchi so‘zni aytish uchun Sa’id ibn Jubayr (roziyallohu anhu)ga murojaat qilindi. U kishi Rasulullohning bu amrlari doimiydir, deb aytdi va ixtilof barham topdi.

    Hadisi sharifda: “Ogoh bo‘linglar! Sizlarga xonaki eshaklar, barcha oziq tishli yirtqich hayvonlar halol emas” (Imom Termiziy rivoyati), deya ta’kidlangani ham barcha qarashlarga uzil-kesil chek qo‘ydi.

    Tibbiy jihatdan ham, diniy jihatdan ham zararlari aytib o‘tilgan eshak go‘shtini bugungi ma’murchilik davrida, halol go‘sht (quyon, qo‘y, qoramol, ot, tuya va hokazo)lar qatorida ongli ravishda sotganlar gunohkordir.

    Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: ‘Albatta, Alloh mening ummatimdan xatoni, unutilgan va majbur qilingan narsani kechirgandir’, dedilar”. Demak, shu paytgacha eshak go‘shti qo‘llanilgan ayrim oshxonalarda taom tanovul qilgan kishilar bilmaganlari uchun ularga zarar yo‘q.

    Xalq tilidagi: “Mehnati halol, o‘zi harom”, degan so‘z mavzumizga xulosa bo‘la oladi.

    13.04.2018, 08:40   Izoh (0)   110460
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi

    13.04.2018, 08:24

    Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolad...

    13.04.2018, 08:07

    Namanganda “Karantin nazorati” maskani tashkil etildi

    12.04.2018, 23:53

    Toshkentda KFC’ning ilk restorani qayerda joylashishi ma’lum bo‘ldi

    12.04.2018, 23:45

    Yangiyo‘lda litsey o‘quvchisi 39 yoshli erkakni jarohatladi

    12.04.2018, 23:33

    Qashqadaryoda 76 yoshli bobo o‘g‘rilikka qo‘l urdi

    12.04.2018, 23:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48

    Endi oliygohlar davlatdan to‘plangan ballariga qarab pul oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:41

    Birgina reklama puliga poytaxtdan kvartira: mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan qancha daromad oladi?

    Layfstayl | 8 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:16

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.