Toshkentda tovuq go‘shtidan taomlarga ixtisoslashgan KFC xalqaro tarmog‘ining birinchi restorani poytaxt markazida, Vestminster universiteti qarshisida ochiladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Bir necha kun avval bo‘lajak restoran joyida qurilish ishlari boshlandi, shuningdek, uning ko‘rinishi qanday bo‘lishi aks etgan bannerlar paydo bo‘ldi. Dizaynga ko‘ra, restoran sutkada 24 soat ishlaydi, unda avtomobil egalari taomni olib ketishi uchun ham imkoniyat yaratiladi.
Qurilish maydonidagi ishlarning holatini kuzatib, kompaniyaga loyihani yakunlash uchun kamida bir oy talab etishini taxmin qilish qiyin emas.
Ma’lumot uchun, KFC shtab-kvartirasi AQShning Luisvill shahrida (Kentukki shtati) joylashgan. U savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha dunyoda “MakDonalds”dan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.
Izoh (0)