Qashqadaryo viloyati, Koson tuman IIBga 27-mart kuni fuqaro uyida yuz bergan o‘g‘rilik holati yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Arizachiga ko‘ra, shu yil 23-mart soat 18:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs ochiq qolgan eshik orqali uyiga kirib, pullarini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Koson tumani, Po‘lati mahallasida yashovchi pensioner, 1942-yilda tug‘ilgan erkak sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Izoh (0)