Armanistonning to‘rtinchi prezidenti Armen Sarkisyan o‘z oylik maoshini xayriyaga yo‘naltirishga qaror qildi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
“Prezidentning oylik maoshi 1 million 320 ming dramni (2700 AQSh dollari) tashkil etadi. Sarkisyan elchi bo‘lib ishlagan paytda ham oylik maosh olishdan yuz o‘girgan edi”, — deyiladi xabarda.
Prezidentning maoshi aynan qaysi tashkilotga yo‘naltirilishi hali noma’lum.
Izoh (0)