• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda qiynoqlar uchun javobgarlik kuchaytirildi

    O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 4-aprelda imzolangan qonunga muvofiq, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi, deb xabar qildi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Jinoyat kodeksining 235-moddasiga tuzatishlar kiritilgunga qadar unda qator rasmiy to‘siqlar mavjud bo‘lib, ular bir qancha hollarda qiynoqqa solishda sherik bo‘lgan shaxslarni ayni mazkur modda bo‘yicha javobgarlikka tortish imkonini bermas edi. Endilikda cheklovlar bartaraf etildi.

    Birinchidan, ehtimoliy jabrlanuvchilar doirasi kengaytirildi. Ilgari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qonunga xilof xatti-harakatlar qiynoqqa solish deb e’tirof etilar edi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar, mahkumlar, sudlanuvchilar (haqiqatda aniqlik kiritildi, sababi ayblanuvchi sudda sudlanuvchi deb nomlanadi, JPKning 45-moddasiga qarang), shuningdek ularning yaqin qarindoshlari JKning 235-moddasida e’tibordan chetda qoldirilgan edi.

    Ikkinchidan, javobgarlikka tortiladigan shaxslar doirasi kengaytirildi. Shu paytgacha unga surishtiruvchilar, tergovchilar, prokurorlar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoxud jazoni ijro etish muassasalarining boshqa xodimlari kirar edi. Tergov izolyatorlari, harbiy tuzilmalar va h.k. “tushib qolgan edi”. Endilikda JKning 235-moddasi bo‘yicha nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki istalgan boshqa davlat organining xodimlari ham javobgarlikka tortilishi mumkin.

    Bundan tashqari, nizoli jihat bartaraf etildi. Ayrimlar bevosita davlat organining xodimi tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof sodir etilgan boshqa harakatlarni qiynoqqa solish deb hisoblar edi. Endi aniq belgilanishicha: uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan bunday qilmishning sodir etilishi ham JKning 235-moddasi bo‘yicha qiynoqqa solish deb baholanadi. Haqiqatda bu qiynoqqa solish fakti haqida bilgan, biroq tegishli choralarni ko‘rmagan (hech bo‘lmaganda mazkur jinoyat haqida xabar bermagan) barcha davlat organlarining xodimlari jinoyatchi deb hisoblanishini anglatadi.

    Jinoyat protsessining fundamental prinsiplaridan biri — haqiqatni aniqlashni tartibga soluvchi JPKning 22-moddasiga yangi qoida kiritildi: dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza o‘tkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim.

    Uchinchidan, jinoyat darajasini belgilovchi yangi alomatlar (og‘irlashtiradigan holatlar) kiritildi — ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; hayotga va sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ashyolar qo‘llanilib; dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida qiynoqqa solish.

    To‘rtinchidan, sanksiyalar kuchaytirildi. JKning 235-moddasi birinchi qismi (jinoyat darajasini belgilovchi alomatlarsiz) bo‘yicha 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazo belgilandi. Ilgari maksimal jazo 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bo‘lgan.

    JKning 235-moddasi ikkinchi qismida (jinoyat darajasini belgilovchi alomatlarsiz) endilikda 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutiladi.

    Agar ushbu harakatlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    09.04.2018, 20:21   Izoh (0)   67856
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Imom Buxoriy majmuasiga kirish pulli bo‘ldimi?

    09.04.2018, 18:55

    Oqqonga chalingan Azizabonuning davolanishi uchun mablag‘ zarur

    09.04.2018, 17:24

    Toshkentda pravoslavlar Pasxa bayramini nishonladi (foto)

    09.04.2018, 17:13

    O‘zbekistonda “Halol” standartiga muvofiq namunaviy hujjatlar ishlab chiqildi

    09.04.2018, 16:18

    10-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

    09.04.2018, 15:56

    O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi 10 foizga kamaydi

    09.04.2018, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.