O‘zbekiston Respublikasida “Halol” standartlarini qabul qilish va amaliyotga joriy etish ishlari bilan birgalikda ushbu standartlarga muvofiq milliy sertifikatlashtirish tizimini yaratish ishlari boshlangan, deb xabar beradi “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati.
O‘zbekistonda “Halol” standartlarini qo‘llanilishi ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
“Halol” belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning nazorati amaldagi talablarga asosan muvofiqlik sertifikatini bergan idora tomonidan amalga oshiriladi.
Eksport qiluvchi korxonalar va fermer xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Halol” standartiga asosan quyidagi namuna shaklida protsedura hujjatlari ishlab chiqildi:
- Sifat sohasidagi siyosat
- Sifat sohasidagi maqsadlar
- Hujjatlarni boshqarish protsedurasi
- Yozuvlarni boshqarish protsedurasi
- Ichki auditlarni boshqarish protsedurasi
- Nomuvofiq mahsulotlarni boshqarish protsedurasi
- Tuzatuvchi harakatlarni o‘tkazish protsedurasi
- Ogohlantiruvchi harakatlarni o‘tkazish protsedurasi
- Favqulodda holatlar protsedurasi
- Mahsulotni baholash protsedurasi
Izoh (0)