Andijon shahrida 7-aprel kuni ikki maktab o‘quvchisining o‘zaro janjali ayanchli tugadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shu kuni soat 11:00 atrofida maktabning yuqori sinf o‘quvchisi Sh.A. mojaro tufayli tengdoshi M.S.ning ko‘ksiga pichoq urdi.
Jarohatlangan o‘quvchi kasalxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, hayotdan ko‘z yumdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon shahrida o‘qituvchilar turli jamoat ishlariga jalb etilayotgani, ularning darslari arosatda qolayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)