Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joriy yil 16-mart kuni Harakat mahallasi, Tutzor 2-tor ko‘chasi, 36-uyda yashovchi B.Saidumarovning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa oqibatida uyning pol qismi va jihozlari yonib, zarar ko‘rdi. Yong‘inni o‘chirish vaqtida B.Saidumarovning 2006-yilda tug‘ilgan o‘g‘li jasadi topildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zangiota tumani, Harakat mahallasi, Tutzor 2-tor ko‘chasi, 3-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1996-yilda tug‘ilgan Z.Adhamov sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Izoh (0)