Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida 6-aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar B. Quttiyevning hovlisidagi qo‘yxonadan 2 bosh qo‘yni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlar aniqlandi.
Ular Yangidala qishlog‘ining Ibn Sino ko‘chasida yashovchi maktabning ikki nafar yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)