Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida o‘zbek-qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishning oldi olindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tutib qolingan mahsulotlarni tekshirish chog‘ida skotch bilan o‘ralgan 7 quti va ularda Samsung rusumiga mansub 390 ta (40 ta Galaxy S-9, 30 ta Galaxy S-8, 180 ta Galaxy A-3, 20 ta J-7 va120 ta Galaxy A-5) yangi mobil telefon aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarning umumiy qiymati 1,1 milliard so‘mdan oshadi.
Tergov yakunlanganidan so‘ng mavjud qonunchilik asosidagi choralar ko‘riladi, to‘xtatib qolingan tovar-moddiy boyliklar esa musodara qilinadi.
Izoh (0)