So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Andijonda o‘qituvchilar hokimning mardikoriga aylandimi?

    08.04.2018, 22:05 125063

    Andijon shahrining 6-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari 5-aprel kuni aeroportga boradigan yo‘lning chetiga gul ekdi. Bu haqda Komil Jalilov nomli foydalanuvchi Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida hikoya qiladi.

    Foto: Komil Jalilov / “Xalq bilan muloqot”

    Foto: Komil Jalilov / “Xalq bilan muloqot”

    Ismi sir qolishini so‘ragan o‘qituvchining yig‘lamsirab gapirgan ovozida alam bor edi:

    “Siz hammaga ayting, Prezidentga yetkazing, shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev jonimizdan o‘tkazib yubordi. O‘qituvchi xor bo‘ldi, o‘qituvchi odam o‘rnida bo‘lmadi, o‘qituvchi bugun hokimning mardikori bo‘ldi. O‘z yonimizdan gul olsak, darslarimizni o‘tolmasak, bizni hokim odam o‘rnida ko‘rmasa, dodimizni kimga aytaylik? Mana, hozir ham aeroportni yo‘lida ishlayapmiz. Rasmga ol desangiz, hozir olib jo‘natamiz. Xalq ko‘rsin, ularning farzandlariga ta’lim berayotgan o‘qituvchining bugungi ahvolini. Ertaga bolalarimiz besavod bo‘lib qolyapti desa, bizni emas, hokimning bo‘ynidan olsin”, — dedi g‘azab va nafratdan o‘zini to‘xtata olmagan o‘qituvchi.

    Foto: Komil Jalilov / “Xalq bilan muloqot”

    Foto: Komil Jalilov / “Xalq bilan muloqot”

    Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa bir o‘qituvchi esa, ularning ustidan hatto mahalliy aholi ham kulayotgani haqida gapiradi:

    “O‘tgan kuni erkak o‘qituvchilarimiz to‘rt qavatli binoning oldidagi yerni ag‘darish, ayollarimiz esa ko‘chani supurish bilan band edik. Ikkinchi qavatdagi bir odam balkonida sigaret chekib turib, bizdan qayerda ishlaysizlar, deb so‘radi. Biz o‘qituvchimiz desak, oyliklaringni halol qilib olinglar, tozalab supuringlar, deb kuldi. Ishonasizmi, bizning Andijonda o‘qituvchilarni maktabdan tashqarida ishlatish hech qachon to‘xtamagan. Hokim Dilmurod Rahmatullayev muxbirlarga maktab hovlisidan tashqarida o‘qituvchilar ishlamaydi deb videoda va’da bergan edi. Lekin, o‘qituvchilarni majburiy mehnatdan xalos qilish emas, balki bundan battar bo‘lyapti”, — deydi o‘qituvchi.

    O‘qituvchi bir oydan beri shug‘ullangan ishlarini birma-bir sanab o‘tdi:

    1. 5-mikrorayondagi domlar oralarida yer chopdik.

    2. Domlar orasidagi noqonuniy qurilmalarni buzdik.

    3. Domlar devorlarini oqlab berdik.

    4. Domlar orasidagi yerlarni ag‘darib egat oldik, gul ekdik.

    5. Butalmagan nihollar va daraxtlarga shakl berdik.

    6. Navoiy prospekti, Prezident kelsa yuradigan Bo‘ston yo‘lini begona o‘tlardan tozaladik.

    7. O‘zimiz ekkan gullarga, ancha uzoqdan paqirlab suv tashib quydik.

    8. Qabristonni tozalab supurdik, ortiqcha daraxtlarni kesdik.

    Andijon shahridagi maktablardan birining ismi sir qolishini so‘ragan direktorining aytishicha, shahar hokimi ularni holu-joniga qo‘ymayapti:

    “Har kuni uch mahal majlis. Har kuni hokim shahar xalq ta’limi mudiriga, maktab-kollejlar direktorlariga uchastkalarni tozalash uchun bo‘lib beradi va har kuni kechqurun o‘sha uchastkalarni borib ko‘radi. Bizning maktabda erkak o‘qituvchi deyarli darsda yo‘q. Ular har kuni maktabga o‘qituvchi kiyimida emas, ishchi kiyimida kelishga, o‘zlari bilan belkurak, ketmon, bolta olib kelishga o‘rganib ham qolishdi. Ayol o‘qituvchilarimiz esa supurgi bilan keladi. Har kuni maktabimizning teng yarim o‘qituvchilarini ko‘chaga chiqarishga majburman. Bo‘lmasa, hokimdan kun yo‘q. Odam chiqarmagan direktorning maktabiga tekshiruvchilarni yuboradi”, — deydi maktab direktori.

    Uning aytishicha, o‘qituvchilarning darslari ham o‘lda-jo‘lda bo‘lib qoldi:

    “Tasavvur qiling, yarim o‘qituvchi bo‘lmagan maktabda qanaqa dars bo‘lishini? Qolgan o‘qituvchilar, garchi mutaxassisligi to‘g‘ri kelmasada, boshqalarning darsini o‘tib turadi. Lekin bu ham hamma darsga yetmaydi. O‘quvchilar ikki-uch soat dars o‘tganidan keyin muallim bo‘lmagani sababli javob berib yuboryapmiz. Bu birgina mening maktabimda emas, hamma maktablarda shu ahvol. Prezidentga shaharni chiroyli ko‘rsatish uchun hokim o‘qituvchilar vaqtini qurbon qilyapti, bolalarning bilim olishiga to‘sqinlik qilyapti”, — deydi maktab direktori.

    Foto: Komil Jalilov / “Xalq bilan muloqot”

    Foto: Komil Jalilov / “Xalq bilan muloqot”

    Xalq ta’limi vazirligining D. Yenikeyeva o‘limi munosabati bilan yuborilgan murojaatga javobida “Vazirlik majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlariga mutlaqo qarshi va pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi” deyiladi. Andijonlik o‘qituvchi yuqorida sanab o‘tgan ishlar pedagog kasbiga aloqadormi?

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?