Ayni damda Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi jang olib bormoqda. Bugun 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangan. Hozirgacha 7 tasi o‘z nihoyasiga yetib ulgurdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
C1 guruhidan o‘rin olgan 5 ta jangda ham Uzbek Tigers’ning qo‘li baland keldi. C2 guruhining 1-jangi 52 kg vaznda Jasurbek Latipov Xesus Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.
Ikkinchi jang esa 60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov va Luis Kabrera o‘rtasida kechdi. Hakamlar ushbu jangda Shunqorning 2:1 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etdi.
Shu tariqa C1 guruhida ham Uzbek Tigers 2-g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Yana 3 ta jang qoldi.
C2 guruhi
69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj
+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes
Izoh (0)