Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Shohista O‘ljayevaning “Amir Temur diplomatiyasi” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Amir Temur diplomatiyasi” kitobi Sh. O‘ljayevaning doktorlik dissertatsiyasi va xorijda qilgan ma’ruzalari asosida tayyorlangan bo‘lib, buyuk davlat arbobining tashqi siyosati va diplomatiyasining ma’no-mazmuni, maqsad va vazifalarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Monografiyada Sohibqironning Sharq va G‘arb davlatlari bilan olib borgan diplomatik aloqalari va tashqi siyosati, Amir Temur diplomatiyasining uslublari va boshqa jihatlari tahlil qilib berilgan.
Ilmiy-ommabop usulda yozilgan mazkur kitob buyuk sarkardaning davlatchilik siyosatini anglab yetish va o‘sha davrdagi xalqaro vaziyatga to‘g‘ri baho berishda muhim rol o‘ynaydi. Kitobda Amir Temurning Osiyo va Yevropa davlatlari rahbarlari bilan olib borgan o‘zaro yozishmalari ham alohida tahlil qilingan.
Izoh (0)