Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi onlayn texnologiyalardan foydalangan holda o‘z kutubxonasining imkoniyatlarini kengaytirdi, deb xabar beradi UzDaily.
Endilikda nafaqat Toshkent va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchilar, balki istalgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiya fan va madaniyat markazi kutubxonasidan foydalanishi va Rossiyada eng katta elektron kitoblar kutubxonasiga kirish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Shulika kutubxonaning faoliyatini Toshkent shahridagi kutubxonani modernizatsiya qilish zaruriyatini izohlar ekan, yangi ish formatiga o‘tish tufayli kitobxonlarga kutubxonaga kirish uchun kun va vaqtni tanlashga hojat yo‘qligini aytib o‘tdi.
Kitoblarni onlayn ravishda sutkaning istalgan qismida o‘qish mumkin.
Rossiyada eng katta elektron kitoblar kutubxonasidan foydalanish uchun Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi kutubxonasiga qo‘ng‘iroq qilish yoki internet orqali so‘rov yuborib, dastlabki ma’lumotlarni jo‘natish va kitobxon biletining raqamini qo‘lga kiritish, kifoya.
Izoh (0)