Zulfiqor Musoqov kitob yozishga kirishish niyatida.Bu haqda kinorejissyor Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Tinchlik, sog‘lik bo‘lib tursa, ‘Berlin—Oqqo‘rg‘on’ filmimni tugatishim bilanoq, anchadan beri ko‘nglimga tugib yurganim — “ Yo‘qolib borayotgan kitob” asarimni yozishga kirishaman. U ko‘rgan-kechirganlarim, ancha yumorga boy va kinoyali voqealar haqida”, — deydi kinorejissyor.
Zulfiqor Musoqov kitob yozishga undagan sabablarga ham to‘xtalib o‘tgan.
“Hayotimda esda qolarli, sarguzashtlarga boy, yorqin xotiralarim ko‘p. Albatta, ularning aksariyati, balki barchasi kino bilan, kinoda o‘tgan hayotim bilan bog‘liq”, — ta’kidlagan Musoqov.
Izoh (0)