Tojikiston 9 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.
2-aprel kuni Regar (Tojikiston) nimstansiyasi orqali Gulcha (O‘zbekiston) nimstansiyasiga elektr uzatish liniyasi ishga tushirildi.
Tojikiston elektr enegiyasi eksporti hajmi yiliga 1,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi.
O‘zbekiston bir kilovatt elektr energiyasi uchun yozgi mavsumida 2 sent, qishki mavsumida esa 2,5 sent to‘laydi.
Izoh (0)