O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-aprel kuni Abdulfattoh as-Sisiyni Misr prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
26—28-mart kunlari Misrda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bunda prezident As-Sisiyga Misr parlamentining 464 nafar a’zosi (taxminan uchdan ikki qismi), shuningdek, saylovchilarning 22 millionga yaqini (97 foizdan ortiqroq) ovoz bergan.
Izoh (0)